«rossiyaga qarshi sanksiyalar» tegli maqolalar


Qirg‘iziston AQShning ehtimoliy sanksiyalari bo‘yicha izoh berdi
20 iyul 2023, 22:18

Qirg‘iziston AQShning ehtimoliy sanksiyalari bo‘yicha izoh berdi

Qirg‘iziston qo‘sh maqsadli tovarlar eksporti ustidan nazorat kuchaytirilganini bildirdi. Avvalroq The Washington Post AQSh Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordami uchun mamlakatga qarshi sanksiyalar tayyorlayotganini yozgandi. Qirg‘iziston MXDQ sanksiyalarni xususiy kompaniyalar buzishi mumkinligini tan oldi.

Qozog‘iston Rossiyaga tovarlar eksporti ustidan nazoratni kuchaytiradi
24 may 2023, 19:02

Qozog‘iston Rossiyaga tovarlar eksporti ustidan nazoratni kuchaytiradi

Qozog‘iston G‘arb sanksiyalarini buzmaslik uchun Rossiyaga tovarlar eksporti ustidan nazoratni kuchaytirmoqchi. Avvalroq jurnalistlar Qozog‘istondagi kompaniyalar orqali Rossiyaga RFning Ukrainadagi armiyasi ehtiyojlari uchun dron va mikrochiplar tashilayotgani to‘g‘risidagi surishtiruvni e’lon qilgan edi.

YeI Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishga yordamlashayotgan davlatlarga savdo cheklovlarini joriy qilishi mumkin
26 mart 2023, 17:00

YeI Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishga yordamlashayotgan davlatlarga savdo cheklovlarini joriy qilishi mumkin

YeI Rossiyaga «ikki maqsadli» texnologiyalarga ega texnikalar olishga yordam beradigan davlatlarga savdo cheklovlarini joriy etishni rejalashtirmoqda. Gap, xususan, YeIdan Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonga eksport qilinayotgan kir yuvish mashinalari, eski avtomobillar va fotokameralar haqida bormoqda.

Reuters: Rossiya kompaniyalari Qozog‘istonni sanksiyalarni chetlab o‘tish so‘rovlariga ko‘mib tashladi
19 mart 2023, 22:29

Reuters: Rossiya kompaniyalari Qozog‘istonni sanksiyalarni chetlab o‘tish so‘rovlariga ko‘mib tashladi

Rossiya kompaniyalari sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun Qozog‘istondagi hamkorlarini zarur tovarlarni import qilishda yordam so‘rovlari bilan ko‘mib tashlamoqda, deb yozmoqda Reuters. Gap turli mahsulotlar — telefonlar, elektronika, nodir metallar, bank kartalari uchun materiallarni yetkazib berish haqida bormoqda.

YeI uchinchi davlatlar orqali Rossiyaga sanksiya texnologiyalari tranziti ustidan nazoratni kuchaytiradi
11 mart 2023, 21:04

YeI uchinchi davlatlar orqali Rossiyaga sanksiya texnologiyalari tranziti ustidan nazoratni kuchaytiradi

Yevropa Ittifoqi ilg‘or Yevropa texnologiyalari va Rossiya Ukrainada harbiy maqsadlarda foydalanishi mumkin bo‘lgan boshqa tovarlar importini keskin oshirgan davlatlarga murojaat qilishni rejalashtirmoqda. Gap Turkiya, BAA hamda Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin.

AQSh va YeI Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi. «Megafon» eksport cheklovlari ostida qoldi
26 fevral 2023, 21:01

AQSh va YeI Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi. «Megafon» eksport cheklovlari ostida qoldi

AQSh, YeI va boshqa davlatlar Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi. IT-kompaniyalar, banklar, jismoniy shaxslar ham cheklovlar ostida qoldi. Jumladan, MegaFonga nisbatan eksport cheklovlari joriy etildi. U sanksiyalardan uch kun oldin O‘zbekistondagi qo‘shma korxona ta’sischilari safidan chiqqan edi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting